Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkak bo‘ynidagi zanjir tufayli halok bo‘lishiga bir baxya qoldi
Foto: Washington Post
32 yoshli Villi Dey qo‘lida Iphone telefoni va uni quvvatlash uchun elektr tarmoqqa ulangan quvvatlash zaryadi simini ushlagancha uxlab qolgan. Villi ertalab uyqudan turayotganda bo‘ynidagi zanjiri bilan bexosdan quvvatlash qurilmasiga tegib ketganda uni elektr toki urgan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.
Villi tok urganda his qilganlarini eng dahshatli his-tuyg‘ular deb ta'riflagan.
"Menda bu hisni ta'riflash uchun so‘z yo‘q", deb aytgan jabrlanuvchi.
Dey tok urgandan keyin yerga qulab, hech narsani his qilmay qo‘ygan, biroq qandaydir lahzada zanjirini uzib, uni chetga otib yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak bo‘yni va qo‘llarida 2- va 3-darajali kuyish jarohatlari olgan. Shifokorlarning aytishicha, Villi baxtli tasodifgina omon qolgan.

Mavzuga oid
18:09 / 03.11.2025
Apple qora rangli iPhone’lardan voz kechmoqda - iPhone 18 Pro yangi tuslarda chiqadi
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
22:12 / 05.08.2024
Apple bolalar uchun smart-soat chiqaradi
23:02 / 29.01.2024