Samarqanddagi 2-sonli tuğruqxonada aniqlangan "krematoriy" va unda "yarmisi kuygan holda topilgan abortdan keyingi homila" haqida miş-mişlar töxtamayotgandi. Şu kunlarda internet-naşrlarda poydo bölgan axborotlarning esa olovga moy sepgani qoldi. Aslida nima voqea yuz bergan? Nuz.uz muxbiri Samarqandda tahririyat topşiriği bilan vaziyatni örganib çiqib, quyidagilarni aniqladi.
Işonçli ma'lumot oliş uçun men 2-sonli tuğruqxonaga yöl oldim va mazkur muassasaning boş vraçi Ilhom Hazratqulov bilan uçraşdim. Undan krematoriy haqida, unda topilgan, miş-mişlarga köra, tirikligida ba'zilarining oğizlari skotçlangan bölgan homilalar haqida söradim.
I.Hazratqulov darhol tuğruq majmuasida heç qanday krematoriy mavjud emasligini tuşuntirdi. Muassasada tibbiy çiqindilarni yöq qilişga möljallangan mufel peçi bor ekan. Çiqindilar sirasiga kiruvçi işlatib bölingan bir marta foydalaniladigan şpritslar, osma ukol sistemalari, plasenta kabilar kuydirib yöq qilinar ekan.
Keyin u quyidagilarni gapirib berdi:
«16 mart kuni ertalab soat 7:20lar çamasi, menga navbatçi vraç qönğiroq qilib, mufel peçida abort qilingan homila topilganini ma'lum qildi. Homilani peçga çiqindi solayotgan sanitar ayol körib qolgan. U navbatçi vraçni çaqirgan va u homilani peçdan çiqargan. Keyin ular peç içida yana bir homila borligini aniqlaşgan. Militsiyaga xabar berdilaringmi, degan sörovimga navbatçi vraç uçastka noziriga qönğiroq qilişgani, biroq u qönğiroqlarga javob bermaganini ma'lum qildi. Men 102 raqamiga qönğiroq qilib, röy bergan hodisani bayon qilişni talab qildim.
Yigirma daqiqalar ötgaç, men tuğruq majmuasiga keldim, kelganimda majmuaga militsiya xodimlari yetib kelişgan ekan. Mufel peçini sinçiklab tekşirib körib, uning içidan yana ikkita abort qilingan homilani çiqarib oldik. Şunday qilib, ularning soni törttaga yetdi. Bu vaqtga kelib, şahar hokimligi, prokuratura xodimlari, şahar tibbiyot birlaşmasi rahbariyati ham voqea joyiga yetib kelişdi.
Huquq-tartibot organlari har bir fakt, har qanday detalni sinçiklab örganişga kirişib ketişdi. Tuğruq majmuasining köp işçilari: sanitarlar, vraçlar, şuningdek men ham söroqqa tutildik. Tergov harakatlari hamon olib borilmoqda, şu sababli men barça tafsilotlarni oşkor eta olmayman. Şunisini aytişim mumkinki, uşbu noqonuniy abortlar bizning muassasada amalga oşirilmagan. Afsuski, bu jinoyatkorona harakatlarga bizning xodimlarimiz ham — vraç va sanitarka aralaşib qolişgan.












