Öğil bolalarni qizlardan afzal köriş, xususan faqat öğil bölişini istab qiz homilani oldiriş amaliyoti butun dunyoda ança kamaymoqda, deb yozadi The Economist.
Qizlarni abort qildiriş 1980 yillarda homilaning jinsini ultratovuş apparatlari yordamida aniqlaş ommalaşganidan keyin keng tarqalgan edi. Farzand körişni orzu qilgan, lekin faqat öğil istagan ota-onalar — xususan, Xitoy va Hindistonda — homila qiz bölsa, uni oldirib taşlay boşlaşdi.
2000 yilga kelib, global miqyosda tabiiy tuğiliş hisob-kitoblariga nisbatan qizlarning tuğilişi 1,6 milliontaga kam bölgan. Bu taxminan şunça qiz homila abort qilingan bölişi mumkinligini anglatadi. Bugungi kunda bu raqam 200 ming atrofida. Va bu körsatkiç kamayişda davom etmoqda.
Öğil bolalarga afzallik beriş holati eng kuçli bölgan davlatlardagi tendensiya ayniqsa keskin özgargan. Tuğilişda jins nisbati (odatda har 100 qizga 105 öğil töğri keladi, çunki öğil bolalar bolalikda köproq vafot etadi) barqarorlaşmoqda. Tuğiliş paytidagi jinsiy nisbat ilgari butun Osiyo böylab nomutanosib bölgan. Misol uçun, Xitoyda bu körsatkiç 2006 yilda har 100 qizga 117,8 öğildan ötgan yili 111,2 ga tuşdi. Hindistonda 2010 yilda 109,6 bölgan nisbat hozirda 106,8 ga tuşgan. Janubiy Koreyada esa holat butunlay normallaşdi: 2005 yilda 112,5 bölgan körsatkiç hozirda 105 atrofida.
The Economist 2010 yilgi sonlaridan biriga qiz homiladan voz keçiş muammosini kötarib, muqovasida “genderqotillik” sarlavhasi bilan çiqqandi. Hozirgi pasayiş - ijobiy yangilik. Bu birinçi navbatda gender diskriminatsion an’analarning yöqolib borayotganini anglatadi.
Qolaversa, bu erkaklar uçun ham yaxşi xabar: ayrim jamiyatlarda jinsga qarab abort qiliş amaliyoti millionlab erkaklarni butun hayoti davomida böydoq yaşaşga mahkum qildi. Xitoyda bunday erkaklar “yalanğoç novdalar” deb ataladi.
Ayrim hududlarda hatto endi qiz bolalarni afzal köriş ham boşlanmoqda. Ya’ni öğilni emas, aynan qiz farzandni xohlayotgan ota-onalar soni oşib boryapti. Bunda öğil bolalarni aynan öğil bola bölgani uçun abort qilişayotgani yöq. Qizlarni afzal köriş boşqa belgilar, masalan sörovnomalar natijalari yoki tuğiliş tendensiyalaridan ma’lum bölyapti.
Masalan, Yaponiyada faqat bitta farzand xohlaydigan juftliklar borgan sari köproq qiz farzandni tanlaşyapti. Dunyo böylab esa ota-onalar asosan ham öğil, ham qiz xohlaşadi. Ğarbda, ayniqsa, Amerika va Skandinaviyada ilk farzand öğil bölsa, ota-onalar qiz köriş umidida ikkinçi farzandni ham dunyoga keltirişga harakat qiladi. Asrab olişda ham köpinça qizlar uçun köproq haq tölaşga tayyorlar. In vitro uruğlantiriş (IVF) orqali jinsni tanlaş mumkin bölgan mamlakatlarda esa tobora köproq odamlar qiz bolani tanlamoqda.












