Manbada ta'kidlanishicha, u yerda Kuka ko‘rfazidagi oq kitlarga tahdid soluvchi neft plyonkalari hosil bo‘lgan. Bugungi kunda oq kitlarning bu noyob turi bor-yo‘g‘i 340 tani tashkil qiladi.
Neft to‘kilishi sabablari hozircha noma'lum. Manbaga ko‘ra, u kompaniyaning dekabr oyida ro‘y bergan gaz muammosiga bog‘liq emas.
"Men neft to‘kilishi haqidagi xabarni dastlab 1-aprel hazili deya qabul qildim, chunki Hilcorp ketma-ket yana bir kamchilikka yo‘l qo‘yishi mumkin emasdek tuyulgandi", - dedi markazning okean dasturlari bo‘yicha direktori Miyeko Sakashita.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "okeanda neft maydonini yaratishning xavfsiz usuli bo‘lmaydi".











