«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 4 aprel kuni Toşkentdan Duşanbega birinçi reysni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Kompaniyadagi işonçli manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, parvozlar haftada ikki marta, seşanba va şanba kunlarida, A320 samolyotlarida amalga oşiriladi.
Seşanba kuni Toşkentdan samolyot tonggi soat 7:20da uçadi. Ayni vaqtda çiptalar sotuvga çiqqan.
Ikki mamlakat örtasidagi aviaparvozlar 1992 yilda, Tojikistonda fuqarolar uruşi boşlanganida töxtagandi.
Ötgan yilning oxirida tomonlar aviaparvozlarni tiklaşi ma'lum böldi.
2017 yilning 10 fevral kuni Tojikiston poytaxti Duşanbedan uçgan samolyot Toşkentga kelib qöndi. Bu 25 yil içida Tojikistondan Özbekistonga kelgan birinçi samolyot böldi.
Ötgan vaqt mobaynida bir neça marta parvozlarni qayta yölga qöyişga kelişilgan, ammo bu kelişuvlar amalga oşmagandi.
Uzoq kutilgan «Duşanbe — Toşkent» reysi amalga oşmadi. Sabab?
«Özbekiston havo yöllari» Duşanbe-Toşkent reysi keçiktirilayotganiga izoh berdi












