Ekvadorda ötgan prezidentlik saylovlarining 2-bosqiçida yetakçi "Mamlakat alyansi" partiyasi nomzodi, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Lenin Moreno ğolib böldi. Bundan mamlakatning milliy saylov kengaşi tomondan ma'lum qilingan dastlabki rasmiy natijalar darak bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, Morenoga 51,05 foiz saylovçilar, uning raqibi, CREO harakati vakili, sobiq bankçi Gilermo Lassoga 48,95 foiz saylovçilar ovoz berganlar.
Biroq muxolifat tarafdorlari rasmiy natijalarni tan olişdan boş tortmoqdalar. Lassoni qöllab-quvvatlovçi yuzlab odamlar mamlakat poytaxti Kitodagi milliy saylov kengaşi binosi yonida norozilik namoyişi uyuştirganlar. Binoning boşqa tomonida esa Morenoga ovoz berganlar töplanganlar.











