Ekvador prezidenti Rafael Korrea prezidentlik saylovlaridan söng mamlakatning qator şaharlarida tartibsizliklar röy bergan haqida ma'lum qildi. U bu haqda Twitter’dagi sahifasida yozgan.

«Afsus! Kito, Esmeraldas, Ibarra va Asogesda tartibsizliklar. Önglar ovoz beriş jarayonida erişa olmagan narsalariga, endilikda kuç bilan erişmoqçilar», - deya yozdi prezident.

Avvalroq prezidentlik saylovlarining 2-bosqiçida yetakçi "Mamlakat alyansi" partiyasi nomzodi, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Lenin Moreno ğolib bölgani haqida xabar bergandik.