«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining Toşkentdan Duşanbega 4 aprel kuni amalga oşişi kerak bölgan, ammo yetarliça yölovçilar topilmagani tufayli qoldirilgan reysi 1 haftadan keyin, 11 aprel kuni amalga oşişi mumkin. Bu haqda aviakompaniya vakili Orif Rözimurodovga asoslangan holda xabar bergan.

«Tojikistondagi vakolatxonani röyxatdan ötkaziş jarayoni yakunlandi. Afsuski belgilangan kunda parvozni amalga oşiriş imkoni bölmadi. Hafta oxiriga qadar biz qolgan masalalarni hal qilib, 11 aprel kuni parvozni amalga oşirişni rejalaştirmoqdamiz», degan u.

2016 yilning noyabr oyida Özbekiston va Tojikiston 1992 yili töxtatilgan aviaqatnovlarni 2017 yil boşida qaytadan yölga qöyişga kelişib olgan edi. Aviareyslarni Tojikiston tomonidan Somon Air, Özbekiston tomonidan «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyalari amalga oşirişi belgilangandi. 

Somon Air aviakompaniyasining Toşkentga birinçi reysi 20 fevralga rejalaştirilgan edi, ammo aviakompaniya zarur hujjatlarni öz vaqtida taqdim etmagani sababli parvoz bekor qilindi.

Mart oyida «Toşkent—Duşanbe» reysi böyiça parvozlar 4 apreldan boşlanişi va haftada ikki marta amalga oşirilişi ma'lum qilingandi. Uşbu reys parvozlari MAK parvoz jadvaliga kiritilgan bölib, ularni seşanba va şanba kunlari amalga oşiriş belgilangan. Çiptalar mart oyi boşidan buyon sotilmoqda.

3 aprel kuni uşbu aviareys yölovçilar kamligi sabab bekor qilingani ma'lum böldi.