Xalqaro valyuta jamğarmasi direktorlar kengaşi Ukrainaga makromoliyaviy yordam doirasida  $1 mlrd ajratişga qaror qilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko ma'lum qildi. 
 
"Bu Ukraina islohotlarining navbatdagi tan olinişidir", deb yozdi Poroşenko tvitterda. 

2015 yil mart oyida XVJ Ukraina uçun 17 mlrd dollarlik 4 yillik kredit dasturini oçgandi. Bu dastur 2015-2016 yillarda 8 ta tranş ajratiş va dasturning har çorakda qayta körilişini közda tutgan. Ukraina bu 8 ta tranşdan 3 tasini: 5 mlrd, 1,7 mlrd va 1 mlrd dollarni olgan. Oxirgi kredit 2016 yil sentabrda taqdim qilingan.