Bugun, 4 aprel kuni Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida respublika musulmonlarining oltinçi qurultoyi bölib ötdi. Unda Maksatbek aji Toktomuşev mufti sifatida tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda 24.kg axborot agentligi. 

Eslatib ötamiz, 3 aprel kuni respublika Ulamolar kengaşi Qirğiziston musulmonlarining amaldagi yetakçisini yangi mufti sifatida saylagan edi. 

Avvalroq, musulmonlar yetakçiligiga şayx Çubak aji Jalilov, Öş viloyatining sobiq qozisi Niyozali Oripov va amaldagi mufti Maksatbek aji Toktomuşevlar öz nozodlarini ilgari surgan edi. 3 aprel kuni Çubak aji Jalilov va Niyozali Oripovlar öz nomzodlarini qaytarib olişgandi.