3 aprel kuni Özbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida OAV iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda 27-30 mart kunlari agentlik tomonidan Koreya respublikasida mehnat qiliş istagini bildirgan özbekistonlik fuqarolarni röyxatga oliş jarayoniga doir masalalar haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Matbuot anjumanida bevosita iştirok etgan agentlik rahbari Uluğbek Nazarov turli OAV, internet naşrlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan agentlik bilan boğliq xabarlarga öz munosabatini bildirdi va ular yuzasidan izohlar berdi. 

Uning sözlariga köra, Özbekiston va Koreya respublikalari örtasidagi Memorandumga asosan, Koreyaga borib mehnat qilişni istaganlarning test sinovida qatnaşuvçilarni röyxatga oliş vazifasi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklangan. Şu munosabat bilan, agentlik tomonidan şu yilning 27-28-29-30 mart kunlari Koreyada mehnat faoliyatini amalga oşirişni istagan fuqarolarni röyxatga olişni e'lon qilgan edi. Bu jarayonda qatnaşişni istaganlarning köp sonli ekani hamda texnik muammolar tufayli röy bergan uzilişlar natijasida anketalarni qabul qiliş jarayoni 1-2-3 aprelda ham davom ettirilgan. 

Nazarovning ta'kidlaşiça, bu koreys tilidan test jarayoni emas, balki röyxatga oliş edi. Bank tölovini amalga oşiriş hamda koreys tilidan test sinovlari keyinroq amalga oşiriladi. Test sinovlarini Koreya respublikasi Bandlikka xizmat körsatiş agentligi xodimlari ötkazadi. 

Şu bilan birga, Nazarov Koreya respublikasi Özbekistonga 2017 yil uçun ajratgan kvotaga ham oydinlik kiritdi. Unga köra, joriy yilda Özbekistondan Koreya respublikasiga 3 ming kişi yuborilişi kerak. Rasmiy imtihonga 6 ming kişi kiritilişi talab qilingan.