Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga köra, Özbekistonning Koreyaga yoki boşqa xorijiy mamlakatga borib, faoliyat yurituvçi fuqarosi – uşbu yurt vakili sifatida Özbekistonning şa'nini himoya qiluvçi kişi hisoblanadi. Uning bilimi, iqtdori, tarbiyasi, axloqi, madaniyati va savodxonligiga qarab, xorijliklar Özbekiston va özbeklar xususida xulosa qiladi. Agentlikda OAV vakillari uçun ötkazilgan matbuot anjumanida şu haqda söz yuritildi. 

Bundan taşqari, Koreya respublikasi vakolatli idoralari, iş beruvçilari Özbekistondan borayotgan işçilarning bir qismi bilim saviyasi pastligi, şartnoma tuzilgan iş joyidan boşqa işga sababsiz ötişi, noqonuniy (nolegal) muhojir bölib qolişi bilan boğliq holatlarning köpligidan şikoyat qilişadi. Uşbu salbiy holat Koreya tomonidan Özbekistonga ajratilayotgan kvota qisqarişiga olib keladi. 

Şu bilan birga, murakkab savollar tuzilişiga turli haq evaziga koreys tilidan ötkazib berişni va'da qiluvçi firibgarlar, tovlamaçilarga qarşi kuraşiş maqsadida ham uşbu usulni qöllaşga qaror qilingan, biroq puxta tayyorgarlik körilmagani hamda texnik nosozliklar bu jarayon bilan boğliq maşmaşalarga sabab böldi. Agentlik rahbari Uluğbek Nazarov bu kabi savollarga şunday izoh berdi. 

Agentlikning yana bir xodimi, bu jihatga qöşimça qilar ekan, internet kafelarda koreys tilini bilgan mutaxassislarga haq tölanib, mazkur saralaş bosqiçidan ötmoqçi bölişgani, aslida, savollarga xorijda işlaşni istaganlar şaxsan ötişlari kerakligi ta'kidlanganini eslatdi. Bu kabi savollar bilan aynan ular doğda qoldirilgan. Uşbu xodim, şu kabi savollar bilan sofdil, haqiqatdan ham faqat koreys tilidan tayyorlangan, öz bilimiga işonib, Koreyaga işlaşga bormoqçi bölganlar aziyat çekmadimi, deb berilgan savolni oçiq qoldirdi.