Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan e'lon qilingan va şu yilning 27-30 mart kunlari Koreyada mehnat qilişni xohlovçilarni onlayn tarzda röyxatga oliş jarayonida 89 770 nafarga yaqin kişi anketani töldirgan. Uşbu 90 mingga yaqin kişidan 6 ming kişi imtihonga kirişga ruxsat olişi şart. Bu Koreya tomoni talabidan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi. 

3 aprel kuni Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining OAV vakillari uçun taşkil etilgan matbuot anjumanida agentlik rahbari Uluğbek Nazarov ma'lum qildi. 

Migratsiya agentligi: bu koreys tilidan test emas, testga saralaş bosqiçi edi

Uçraşuvda Nazarov xohlovçilarni röyxatga oliş jarayonida yuz bergan nosozliklar haqida ham söz yuritdi. U, şuningdek, test-migration.uz saytining qoniqarsiz işlaganiga ham oydinlik kiritdi. Uning sözlariga köra, sayt 27 mart kuni me'yorida işlagan. Öşa kunning özida 19 ming kişi röyxatga olingan. Nazarovning bildirişiça, 28 mart kunidan nosozliklar kuzatilgan. Bunga  ehtimoliy D-DOS xurujlari sabab bölgan. Albatta, bu holat hozirça taxmin qilinmoqda, biroq dasturçilar bu kabi xurujni inkor etişmagan. 

Bundan taşqari, Uluğbek Nazarov savollar hamda ularni tuzuvçilar xususida ham ma'lum qildi. Uning xatoliklar bölganini tan olib aytişiça, savollar umumta'lim maktablari, litsey va kollej dasturlari böyiça tuzilgan darsliklardan olingan holda agentlik vakillari tomonidan tuzilgan. Biroq, Nazarovning uqdirişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan va muhokamalarga sabab bölgan ba'zi “eşak neça yil yaşaydi?” kabi mantiqsiz savollar bölmagan. Agentlik rahbarining sözlariga köra, bu kabi savollar bölmaganini isbotlaşga tayyor va bunday savollar uydirma bölişi mumkin. Ammo, savollar tugallanmay qolişi bilan boğliq holatlar mutaxassislar tomonidan dasturlaş çoğida yöl qöyilgan xatoliklar natijasidir.