Sankt-Peterburg hukumati metrodagi portlaş qurbonlari xotirasiga 4 aprel kunidan 3 kunlik motam e'lon qildi. Şahar gubernatori Georgiy Poltavçenkoning şu haqdagi qarori e'lon qilingan.
Bundan taşqari, bugun Sankt-Peterburgda şahar transportining barça yönalişlariga odamlarni bepul taşiş haqida körsatma berilgan.
Uber taksi xizmati hodisa yaqinida bölgan barça peterburgliklarga bepul xizmat körsatişga tayyorligini ma'lum qildi. «Yandeks» kompaniyasi esa «Yandeks.Taksi» böyiça Peterburgdagi barça hamkorlaridan «imkon qadar köproq avtomobillarni yölga çiqariş» haqida iltimos qilgan.
3 aprel kuni metroning «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut» bekatlarida portlaş röy bergani xabar qilindi. Ammo metroda faqat bitta portlaş sodir bölgani, poyezd bir bekatdan ikkinçisiga yurganida uçinçi vagon portlagani oydinlaşdi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, hodisa oqibatida 10 kişi halok böldi va 22 kişi jarohatlandi.












