Yevropada birinçi marta ğor baliği aniqlandi. Uni Germaniya janubidagi ğorga şönğigan ğavvoslar körişgan. Topilma haqida Current Biology jurnalida söz yuritilgan.

Ğavvos Yoaxim Krayselmayyer Dunay daryosidagi ğorni közdan keçirayotgan vaqtda Nemacheilus troglocataractus turiga mansub baliqni körib qolgan. Dastlab u baliqni suratga tuşirib, Konstants universiteti doktori Yasminka Bermann-Godelga körsatgan. Yasminka baliqlar evolyutsiyasi böyiça ekspert hisoblanadi. Keyinçalik, baliqning özini ham tutişning uddasidan çiqqan. 8,5 sm keladigan baliq tangaçalardan xoli bölib, deyarli kör. Uning közlari suv yuzasiga yaqin yaşaydigan baliqlar közlaridan yarmiga kiçik. 

Umuman, bugungi kunda ğor baliqlarining 200ga yaqin turi bor. Biroq, şu vaqtgaça, Yevropada ularning heç biri aniqlanmagan edi. Baliqning irsiy tahlili şuni körsatdiki, u Dunay va Germaniyaning Radolftseller daryosida yaşovçi möylovli golts baliğining qarindoşidir. Tadqiqotçilarning taxmin qilişlariça, Nemacheilus troglocataractus suv yuzasida yaşaydigan baliqlardan 20 ming yillar avval ajralib qolgan. 

Olimlar ğorning kiçik qismi örganilganini inobatga olgan holda minglab baliqlarni aniqlaş mumkinligini aytişmoqda.