Sankt-Peterburgda «Örta Osiyo respublikalaridan Rossiyaga işlaş uçun kelgan» 6 kişi qölga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi ma'lum qildi.
Qölga olingan şaxslar terrorçilar safiga yangi odamlarni yollaş va Rossiya hududida «Jyebhat an-Nusra» va IŞID kabi noqonuniy taşkilotlar tarğiboti bilan şuğullanişda gumon qilingan.
Tergov qömitasining Sankt-Peterburg böyiça boşqarmasi RF Jinoyat kodeksining 1 qism, 205.1 moddasi (terrorçilik faoliyati bilan şuğullaniş) böyiça iş oçgan. Xabarda aytilişiça, tintuv vaqtida gumonlanuvçilarning yaşaş joylaridan «ekstremistik adabiyotlar, aşyo va hujjatlar topilgan hamda tergov uçun musodara qilingan».
Qömitada qayd etilişiça, hozirça uşbu qölga olingan şaxslarning Sankt-Peterburgdagi terakt ijroçisi bilan aloqadorligi aniqlanmagan. Bu masala tergov davomida hal qilinadi.
Tergov qömitasi 4 aprel kuni 3 aprel kungi terakt ijroçisining şaxsini tasdiqladi. Tergovning aniqlaşiça, 14 kişining ölimi va 49 kişining jarohatlanişiga sabab bölgan portlaş Qirğizistonda tuğilgan, 2011 yilda Rossiya fuqarosiga aylangan 22 yoşli Akbarjon Jalilov tomonidan sodir etilgandi. Tergov uning ehtimoliy şeriklarini qidirmoqda.
















