Avstraliyaning Olberi şahridan bölgan politsiya zobiti Uinston Vudvord mahalliy telekanal Prime7 uçun matbuot-anjuman berayotgan vaqtda mast holatdagi erkakni hibsga oldi. Uşbu holat aks etgan video telekanalning feysbukdagi sahifasida joylaştirildi.
Intervyu politsiya bölimi oldidagi maydonçada ötkazilayotgan bölgan. Vudvord intervyu berayotganda unga qölida pivo idişi bölgan erkak xalaqit qildi. Mast holatdagi erkak sökinib, kameralar tomon kelmoqçi bölgan.
Şunda politsiyaçi jurnalistlardan uzr sörab, mast erkakning yoniga yönalgan. Politsiyaçi qoidabuzarni qölidagi idişni axlat qutiga taşlaşga majbur qilgan hamda uni jamoat joyida sökingani uçun politsiya bölimiga olib kirib ketgan.
Şundan keyin politsiyaçi qaytib çiqib, matbuot-anjumanni davom ettirgan.












