"Özbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi Toşkentda Şörtan gazkimyo majmuasi işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş investitsion loyihasini amalga oşirişning yangi konsepsiyasini taqdim qildi.
Agar avval kompaniya korxonaning polietilen işlab çiqariş böyiça yillik quvvatini joriy 125 ming tonnadan 200 ming tonnadan köproqqaça oşirişni rejalaştirgan bölsa, hozirda bu mahsulotni işlab çiqarişni yiliga 500 tonnagaça yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bunda loyiha sintetik naftani qayta işlaşni va polietilen hamda polipropilenning yangi turlarini işlab çiqarişni özlaştirişni közda tutadi.
"Yangi konsepsiya sintetik nafta GTL’ni olefinlar işlab çiqarişda qöllaş qarorini tatbiq qilişga imkon beradi. Bundan taşqari, loyihaning amalga oşirilişi Qaşqadaryo viloyatida yangi texnologik klaster yaratiş imkoniyatini beradi", deb aytildi kompaniya matbuot xizmatida.
2017 yil uçun investitsiya dasturida loyiha 400 mln dollardan köproqqa baholangan. Kompaniya barça işlarni 2019 yil oxirigaça yakunlaşni rejalaştirmoqda.
Şörtan gazkimyo majmuasi 2001 yilda işga tuşirilgan. Uning mahsulotlari Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Polşa, Italiya va boşqa bir qator davlatlarga sotiladi.












