Uşbu loyiha doirasida “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev taşabbusi bilan Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida 120 gektar yerni egallagan agrouçastka taşkil etildi. Uşbu agrouçastkaga 72 ming donadan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ekilgan edi.
Hozirda Şörtan gaz kimyo majmuasi hududida barpo etilgan uşbu boğda kökalamzorlaştiriş, daraxt va butalarni muhofaza qiliş, yaşil maydonlarni kengaytiriş işlari davom ettirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–46-sonli Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida agrouçastkalarga ekilgan köçatlarni suğoriş uçun zamonaviy tomçilatib suğoriş tizimlari örnatilmoqda.

Bundan taşqari, Şörtan gaz kimyo majmuasi tomonidan köçatxonalar sonini köpaytiriş, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos xorijiy manzarali daraxtlarni mahalliylaştiriş, “yaşil boğlar” va “yaşil jamoat parklari”ni barpo etiş, manzarali va mevali daraxtlarni parvarişlaş, daraxtlarni suğoriş tizimini qayta körib çiqiş, uning samarali faoliyatini ta’minlaş, tomçilab suğoriş texnologiyalarini örnatiş va xizmat körsatiş kabi bir qator işlar amalga oşirilişi möljallangan.
“Şörtan gaz kimyo majmuasi” MÇJ Matbuot xizmati Ⓣ












