Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida 25 dekabr kuni “Uzbekistan GTL” zavodining oçiliş marosimi böldi. Marosim doirasida yana bir korxona – Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatini 3 barobarga kengaytiriş böyiça loyiha qurilişiga ham start berildi.

Bu loyihaning qiymati 1 milliard 800 million dollar bölib, “Uzbekistan GTL” zavodi yonida quriladi. Unda 430 ming tonna naftani qayta işlaş hisobiga yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin iş örni oçiladi.

Şu tariqa, Şörtanda Özbekistondagi birinçi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi. Bu klasterda mahsulot işlab çiqariş hajmi hozirgi 290 million dollardan 2025 yilda 1,8 milliard dollarga yetkaziladi. Ya’ni 6 barobarga oşadi.

Ta’kidlanişiça, bu klaster tizimidagi korxonalar 1 dollarlik xomaşyodan 10 dollarlik yuqori qöşilgan qiymatli tayyor mahsulotlar yaratadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki yangi majmua nafaqat özining mahsuloti orqali, balki boşqa sanoat sohalarida 100 million dollarlik butlovçi va ehtiyot qismlar uçun bozor şakllantiradi.

Şavkat Mirziyoyev yangi korxona qurilişiga tamal toşi qöydi.

“Uzbekistan GTL” zavodi haqida

25 dekabrda rasman oçilgan “Uzbekistan GTL” zavodi – mamlakatda va umuman mintaqada neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxona.

Majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta işlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar işlab çiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilğisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

Uşbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import örni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion sömlik soliq tuşumlari ta’minlanadi.

“Natijadorlik jihatidan aytganda, bu yerda tabiiy gaz 3 barobar yuqori qiymatli tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Xususan, aviakerosin juda toza va sifatli bölib, eng zamonaviy samolyotlarga möljallangani uçun unga hamişa talab bor. Zavodda işlab çiqariladigan dizel yoqilğisi ham kamida Yevro-6 standartlariga mos böladi. Bu mahsulotlar mamlakatimizdagi logistika markazlarini rivojlantiriş va aviatsiya xablarini taşkil qilişga mustahkam zamin yaratadi.