YouTube videoxostingi va'da qilganidek, öz platformasida telekanallarning efirini köriş imkoniyatini taqdim etdi. Yangi xizmat amerikalik internet-foydalanuvçilar uçun 5 apreldan yölga qöyildi. Endilikda, ular YouTube orqali Amerikaning 4ta yirik teletarmoqlari – ABC, CBS, NBC va Fox telekanallari körsatuvçilarini jonli efirda körişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, 30ga yaqin kabel, xususan sport telekanallarini kuzatişlari mumkin.
Mazkur xizmat videoxostingga egalik qiluvçi Alphabet xoldingi tomonidan oyiga 35 dollarlik obuna evaziga taqdim etiladi. Bu bilan 6 nafar foydalanuvçi jonli efirlarni kuzatişlariga ruxsat beriladi.
Xoldingda ma'lum qilişlariça, kompaniya kabel yoki sun'iy yöldoş televideniyesi bölmagan hamda internet orqali video va telekörsatuvlarni tomoşa qilişga örganib qolgan tomoşabinlarni qamrab olişni rejalaştirgan.
Hozirça, yangi xizmatni boşqa mamlakatlarda ham joriy qiliş rejalari borasida ma'lumot berilmagan.












