
Ötgan yilning sentabr oyidan boşlab özbek televideniyesida yangi xususiy MilliyTV (MTV) telekanali öz faoliyatini boşladi. Telekanal faoliyatining ilk vaqtidanoq özini namoyon etdi, özbek xalqining milliy an'analariga yangiça yondaşuv esa kanalning asosiy vazifalaridan biri böldi.

MilliyTV musiqiy-köngiloçar va ma'rifiy kanal sifatida barça tomoşabinlar uçun faoliyat yuritadi. Telekanal efiri musiqiy va köngiloçar körsatuvlar, madaniy-ma'rifiy dasturlar, bolalar uçun möljallangan loyihalar hamda milliy va xorijiy badiiy filmlar, seriallar, animatsion kartinalar (multfilmlar) bilan töldirilgan.
MilliyTV ikki tilda efirga uzatiladi, bunda efirning 70 foizi özbek tiliga, 30 foizi esa rus tiliga ajratilgan. 2017 yilning 1 yanvaridan telekanal töliq efirga ötdi.
Husan Solihov, MilliyTV direktori:
“MTV boşqa mahalliy telekanallardan özbek madaniyatiga öziga xos bölgan yondaşuvi va qaraşi bilan ajralib turadi. Bugun Özbekiston butun dunyoga özini namoyon etadigan vaqt keldi, davlatimiz esa zamon bilan hamnafas odimlayotgan mamlakatdir. MTV uşbu yangilanişlarga bölgan talabni, yuksalişni, mas'uliyatni his qilgan holda bu borada bugungi kun talabiga javob beradigan kontent yaratmoqda”.


Hozirda telekanal efiridan tomoşabinlarga sevimli bölib qolgan tonggi “Shirchoy” körsatuvi, özbek xonandalari maşhur xit taronalarni jonli ijroda taqdim etadigan “Jonli Ijro” musiqiy loyihasi, “Otalar sözi” ma'rifiy körsatuvi hamda Özbekistondagi birinçi keçki köngiloçar şou dasturi bölgan “MTVShow” joy olgan. Har bir körsatuvlarni tayyorlaşda iqtidorli teleboşlovçilar, prodyuserlar, rejisyorlar, muharrirlar va texnik xodimlardan iborat telekanalning kreativ jamoasi iş olib boradilar.
































