Sankt-Peterburgda metroda portlaşni sodir etgan Akbarjon Jalilovning şeriklari ekani gumon qilingan şaxslar qölga olindi. Ular Markaziy Osiyodan bölib, Jalilov bilan aloqada bölib kelişgan.

Rossiya tergov qömitasi rasmiy vakilasi Svetlana Petrenkoning ma'lum qilişiça, iş doirasi Jalilovning tanişlarini qamrab oladi.

«Bu iş doirasida Jalilov bilan aloqador Markaziy Osiyo respublikalaridan bölgan bir neça kişi aniqlandi», — deyilgan xabarda.

Uşbu şaxslar yaşagan uyda tintuv ötkazilgan.

«Tezkor xodimlar tomonidan ularning kvartiralari tintuv qilinganda ekstremistik adabiyotlar musodara etilgan», — deyilgan xabarda.

ReN TV xabarida bu şaxslar terrorçining şeriklari sifatida talqin etilgan va ularning şaxsi telefon qönğiroqlari orqali aniqlangani aytilgan.

6 aprel kuni Jalilov IŞIDning Rossiyadagi «uyqudagi yaçeyka»si a'zosi ekani haqida xabar berilgandi.