Rossiyaning Ryazan viloyatida yirik yöl-transport hodisasi sodir böldi. Yuk maşinasining avtobus bilan töqnaşib ketişi oqibatida 2 kişi halok bölgan, 30ga yaqin kişi şifoxonaga yetkazilgan. Baxtsiz hodisaga yuk maşinasi haydovçisining quvib ötişni amalga oşirayotgan vaqtda uxlab qolgani sabab bölgan. IIVning mintaqaviy boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Ponomaryov RIA Novostiga şuni ma'lum qilgan.

Avtohalokat Mixaylov tumanidan ötuvçi M-6 "Kaspiy" federal yölining 215-kilometrida röy bergan. 

"Ob-havo şaroitlari fojiaga sabab böla olmaydi. Yöl şaroitlari ham, çunki u yerdagi yöl qoplamasi ajoyib. Yo quvib ötişga çiqiş yoxud uxlab qolişdan biri. Yuk maşinasining tormoz yöli ham yöq", — degan Ponomaryov.

Uning tasdiqlaşiça, YTHda ikki kişi hayotdan köz yumgan, yana 30ga yaqin kişi Mixaylov tuman şifoxonasiga keltirilgan. Haydovçilardan birining sözlariga köra, avtobusda jami 35 nafar yölovçi, ulardan 4 nafari yoş bola bölgan. şifoxonaga yuk maşinasi haydovçisi, Tambov viloyati fuqarosi ham olib borilgan. Beş kişining ahvoli oğirligi aytilmoqda.  

Halok bölganlardan biri avtobusni boşqarayotgan haydovçi va yölovçilardan biri ekani aytilmoqda. Ponomaryovning qöşimça qilişiça, 61-mintaqa avtobusi yölovçilarni Moskvadan Elistaga olib ketayotgan bölgan.

Hozirda, politsiya voqeani örganmoqda.