Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin 6 aprel kuni Amerikaning Florida ştatiga yöl oladi. U Mar-a-Lago qarorgohida AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp bilan uçraşadi. Xitoy tomoniga köra, bu ikki tomonlama munosabatlar rivojining yönalişini aniqlab berişi kerak. Trampning fikriça, bölğusi muzokaralar qiyin, ammo muhim böladi. 

Ikki davlat rahbarlarining uçraşuvi 6-7 aprel kunlari bölib ötadi. Muzokaralarning asosiy mavzusi ikkki tomonlama munosabatlar, xususan, savdo nomutanosibligi, Tayvan masalasi, Janubiy Xitoy dengizi atrofidagi tortişuvlar hamda KXDR yadro muammosi kabilar böladi. 

Xitoy TIV rahbari örinbosari Çjan Tszeguanning bayonot berişiça, Pekin muzokaralarning muvaffaqiyatli ötişiga işonmoqda. Ammo, Oq uyning yuqori lavozimli mulozimi, ma'muriyat uçraşuvda töplanib qolgan masalalar hal etilişiga işonmasligi, balki ularni muhokama qiliş doirasi belgilab olinişiga umid qilinayotganiga oydinlik kiritgan. Uning sözlariga köra, Tramp Xitoy yetakçisi bilan amaliy munosabatlarni örnatiş, muloqot doirasini belgilab oliş va "natijalarga erişiş uçun aniq sanalarni qöyiş" niyatida. 

Xitoy TIVning bayonot berişiça, jahon maydonida çuqur va murakkab özgarişlar bölayotgan bugungi kunda ikki davlat rahbarlarining uçraşuvi Osiyo-Tinç okeani mintaqasida tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlaşga yordam beradi.