Sankt-Peterburg metrosida amalga oşirilgan terakt ijroçisi Akbarjon Jalilov IŞIDning Rossiya hududidagi «uyqudagi yaçeykasi» a'zosi bölgan bölişi mumkin. Bu haqda «Gazeta.Ru» öz manbasiga asoslangan holda xabar berdi.

Qayd etilişiça, IŞIDning «uyqudagi yaçeykasi» a'zolari uzoq vaqt davomida özlarini pinhon tutişadi, taşkilot rahbariyati ham ularning barça harakatlarini nazorat qilmaydi.

5 aprel kuni DNK tahlili Sankt-Peterburgdagi gumondor terrorçi şaxsini tasdiqlab, terakt Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov tomonidan ijro etilgani ma'lum qilingandi.

Şuningdek, Jalilovning uyidan bomba yasaşda qöllangan aşyolar topilgan.

3 aprel kuni Peterburg metrosida portlaş oqibatida 14 kişi halok bölgandi. 

5 aprel kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi hamda «Rosgvardiya»ning maxsus bölinmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida Markaziy Osiyo respublikalarining 6 nafar fuqarosi terroristik faoliyatda iştirok etganlikda gumonlanib, qölga olindi.