Aston Martin birinçi seriyali yöltanlamasi şakli körsatilgan tizerni taqdim etdi. Avtomobil işlab çiqaruvçisi model haqida qöşimça ma'lumotlarni keltirmagan.
Yöltanlamas Aston Martin’ning Uelsdagi sobiq aviatsiya baza hududidagi yangi korxonasida işlab çiqarila boşlanadi. Autocar’ning xabar berişiça, zavodda yöltanlamas bilan birgalikda DB11 kupesi, şuningdek Lagonda markasi ostidagi ikkita model ham yiğiladi.
Aston Martin birinçi yöltanlamasi dastlabki nusxasi Jyenevadagi avtosalonda 2015 yilning martida taqdim etildi. Prototip DBX deb nomlangandi.
Kontsept-kar butunlay elektr kuç qurilmasi bilan jihozlangan bölib, bunda ğildiraklarda örnatilgan dvigatellardan foydalaniş közda tutilgandi. Ular litiy-oltingugurtli batareyalardan quvvatlantirilgan. Bundan taşqari, prototip karbon-keramik tormozlar bilan ham jihozlandi.
Taxminlarga köra, Aston Martin birinçi yöltanlamasi 2019 yildan boşlab işlab çiqariladi.

















