IŞID terrorçilik guruhi Astraxanda ikki politsiyaçining öldirilişi va  Rosgvardiya jangçilariga hujum qilinişi uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. 

Bu haqda jangarilarning faoliyatini monitoring qiluvçi SITE Intelligence Group taşkiloti ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, uşbu xabarni IŞID terrorçilari bilan hamkorlik qiluvçi Amaq axborot agentligi çop etgan.

4 aprelda yöl-transport hodisasi iştirokçilari töqnaşuv joyiga kelgan politsiya xodimlarini otib taşlab, voqea joyidan qoçib ketişgan. Keyinroq politsiya ikki gumonlanuvçini qölga olgan, yana 5 jinoyatçi yaşirinişga muvaffaq bölgan.

6 aprelga ötar keçasi Astraxanda noma'lum kimsalar avtomobil salonidan Rosgvardiyaning uç jangçisini öqqa tutgan. Buning oqibatida jangçilar jarohat olganlar, bosqinçilardan biri voqea joyida öldirilgan. Söngra Rosgvardiya jangçilari maxsus operatsiya davomida bu ikki hujumda gumon qilinganlarning barçasini yöq qilganlar.