«Barselona» rahbariyati joriy mavsumdan söng hujumkor yarimhimoyaçi Jyerar Deulofeuni qaytarib oliş imkoniyatidan foydalanişga qaror qildi. Bu haqda Mundo Deportivo naşri xabar tarqatdi.

Hozirgi vaqtda Deulofeuning transfer huquqi «Everton»ga tegişli, futbolçi ijara asosida «Milan» safida öynamoqda. Tomonlarning şartnomasiga köra, Kataloniya klubida futbolçini 12 mln. yevro evaziga qaytarib oliş imkoniyati mavjud. Yuqorida nomi keltirilgan manba bergan ma'lumotlarga köra, Ispaniyalikning joriy mavsumdagi öyini ispan grandining e'tiborini tortdi.

«Barselona» jamoaga yangi boş murabbiy tayinlanmaganiga qaramay futbolçini qaytarişga qaror qilgan. Agar «Barselona» işonç bildirayotgan mutaxassis Deulofeuni öz tarkibida körmasa, futbolçi yana transferga qöyiladi.