Suriyaning Idlib şahridan Turkiyaning Adana şahriga 3 nafar suriyalikning jasadi olib kelindi va patologoanatomik ekspertiza ötkazildi. Turkiya Adliya vaziri Bekir Bözdoğning ma'lum qilişiça, ekspertiza xulosalari uşbu suriyaliklar kimyoviy quroldan halok bölganini tasdiqlagan.
«Ayni vaqtda Butundunyo soğliqni saqlaş taşkiloti va Kimyoviy qurollarni taqiqlaş böyiça taşkilot vakillari iştirokida ötkazilgan ekspertiza yakunlandi. Ekspertiza yakunlari Asad rejimi tomonidan kimyoviy qurol qöllanganini körsatdi», - degan vazir.
Suriya hukumati samolyotlari tomonidan 4 aprel kuni Idlib viloyatidagi Xan Şayxun punktiga zaharli gaz töldirilgan bombalar taşlanişi oqibatida tinç aholi vakillaridan 100 kişi, jumladan, önlab bolalar halok bölib, 500 kişi (aksar qismi bolalar) şifoxonaga yotqizilgandi.













