Xitoy Tibet muxtor tumani hududida dunyodagi eng baland toğ elektr uzatiş tarmoğining qurilişini boşladi.

U dengiz sathidan örtaça 3,7 ming metr balandlikdan ötkaziladi, deb xabar berdi "Sinxua" axborot agentligi.

Elektr tarmoq uzunligi 2,7 ming km dan ortiq böladi, u Lxasa (Tibet ma'muriy markazi) bilan Ningçi şahar okrugini (janubi-şarqiy tuman) birlaştiradi. Bu quriliş sababli ikki aholi punkti transport aloqalarini yengillaştiriş maqsadida qurilayotgan temir yöl ham elektr energiya bilan ta'minlanadi. Barça quriliş işlari 2018 yilda yakunlanişi kutilmoqda.    

Loyiha 16,2 mlrd yuan (2,3 mlrd AQŞ dollari)ni taşkil etadi.

Oxirgi vaqtlarda Xitoy mamlakat ğarbi va janubi-ğarbida elektr ta'minoti tarmoqlari qurilişini faollaştirib yubordi. Bu tufayli bir neça yil içida Xitoyning uzoq hududlarida yaşovçi yuz minglab aholi elektr energiya bilan ta'minlandi.