Sankt-Peterburg metrosining portlovçi qurilma portlatilgan poyezdi maşinisti Aleksandr Kaverin unga berilmoqçi bölgan pul mukofotidan voz keçdi. Kaverin bu haqda "Sankt-Peterburg" telekanaliga ma'lum qildi. 

Aynan Kaverinning portlaş vaqtidagi harakatlari sabab yuzlab odamlarning hayoti saqlanib qolgan.   

Kaverinning aytişiça, bir taşabbuskor guruh unga minnatdorçilik ramzi sifatida pul yiğmoqda. Gap qanday miqdordagi pul haqida ketayotgani ma'lum qilinmagan.

"Menga heç narsa kerak emas. Men albatta bu guruhdan minnatdorman, biroq bu pullarni ularga haqiqatan muhtoj odamlarga beriş kerak", deb aytdi qahramon.

Kaverin uşbu mablağlarni portlaş sababli oyoği amputatsiya qilingan ayolga berişni taklif qildi. "Ayni vaqtda ayol uçun dorilar va barça zarur narsa muhayyo qilingan, unga yordam körsatilgan, biroq kelgusida unga protez kerak bölişi mumkin", deb aytdi maşinist. 

5 aprelda Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov Aleksandr Kaverinni portlaşdan keyingi savodli harakatlari uçun "Rossiya transportining faxriy xodimi" belgisi bilan mukofotlagandi. Maşinist portlaş vaqtida şikastlangan poyezdni tutunlangan tunnelda töxtatmay, uni keyingi bekatgaça olib borgani köplab odamlarning hayotini saqlab qolgandi.