Jahon | 18:12 / 07.04.2017
13838
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya poytaxtida yuk mashinasi odamlar ustiga yurdi, qurbonlar bor

Shvetsiya poytaxti Stokholm shahrida yuk mashinasi odamlar ustiga yurgan. Bu haqda politsiya ma'lumotiga asoslanib, Aftonbladet xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, bu hodisa oqibatida bir necha kishi jarohatlangan.

Shvetsiya davlat radiosi esa ushbu hodisa oqibatida 3 kishi qurbon bo‘lganini aytmoqda.

Guvohlardan biri ushbu hodisa ro‘y bergan ko‘chada vahima boshlangani haqida aytgan.

Hodisa Ahlens Mall joylashgan ko‘chada ro‘y bergan. Hozirda voqea joyi huquq-tartibot organlari tomonidan qurshab olingan. 

Hozircha ushbu hodisa terakt yoki terakt emasligi aniqlanmadi. 

Stokholmdagi hodisa videosi paydo bo‘ldi, politsiya terakt ehtimolini istisno etmayapti

«Biz hujumga yo‘liqdik». Shvetsiya bosh vaziri hodisani terakt sifatida baholadi

 

 

Mavzuga oid