Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreyada işlaş istagida bölgan fuqarolarni koreys tilidan test sinovida iştirok etiş uçun bölib ötgan röyxatga oliş jarayoni böyiça şarh e'lon qildi.

Unda aytilişiça, Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolarga koreys tilidan test sinovida iştirok etiş uçun bölib ötgan röyxatga oliş jarayoni böyiça fuqarolardan köplab savollar kelib tuşgan.

"Koreya Respublikasi vakolatli idoralari, iş beruvçilari yurtimizdan borayotgan ayrim fuqarolarning bilim saviyasi pastligidan, şartnoma tuzilgan iş joyidan boşqa joyga sababsiz köçib ötişidan, nolegal holatga tuşişidan norozilik bildirganlar va bu Özbekiston Respublikasiga ajratiladigan kvotalarning qisqartirilişiga ham olib keldi. Bu holatlar bartaraf qilinmagan taqdirda kvotalarning umuman tugatilişiga sabab bölişi mumkinligini Koreya tomoni ma'lum qilgan.

Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun yuboriladigan fuqarolar ayrim fuqarolar tuşunçasidagi "qora işçi" emas, balki xizmat körsatiş va servis hamda işlab çiqariş yönalişiga işga joylaştiriladi.

Şu sababli Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolarga koreys tilidan test sinovida iştirok etiş uçun onlayn röyxatga oliş jarayoni bölib ötdi.

Röyxatga oliş jarayonida fuqarolarning bilim saviyasini sinovdan ötkaziş uçun savol-javob tariqasida savollar berildi", deyiladi agentlik şarhida.

Şarhda bildirilişiça, tuzilgan savollar örta ta'lim maktablarining 7-8-9 sinflari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga möljallangan adabiyotlaridan olingan.

"Fuqarolarning köplab murojaatiga sabab bölgan "Halima enam allalari" şe'riy töplami muallifi kim? Bu töplam muallifi Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf bölib, mazkur mavzu 8-sinf uçun möljallangan adabiyot darsligida keltirilgan.

Möğul xoni Xitoyda qaçon va qaysi sulolaga asos solganligi haqidagi savol 7-sinf uçun möljallangan tarix fani mavzusiga oiddir.

1934 yilda Tunisda tuzilgan "Yangi dastur" partiyasi rahbari aslida qanday kasb egasi bölgan? Bu savol Jahon tarixi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uçun öquv qöllanmasidan olingan bölib, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Qöllanma mualliflari U.Jörayev, M.Lafasov", — deya savollarning manbasi keltiriladi şarhda.