Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva metrosida qo‘llarida portlovchi modda izlari bo‘lgan shaxslar ushlandi
Rossiya poytaxti Moskva shahri metropolitenida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi ilk natijalarni keltirdi – uch bekatda qo‘llarida portlovchi modda izlari bo‘lgan besh nafar yo‘lovchi ushlandi. Bu haqda Life xabar bermoqda
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar tekshiruvlar paytida ushlangan hamda barchasi qirg‘izistonlik va qozog‘istonlik ekanligi aytilmoqda.
- Maxsus qurilmalar ularning qo‘llari va kiyimlarida nitroglitserin va tetril zarrachalari izlarini topgan, - deya ma'lum qilishgan Rossiya IIVdan. – Bu moddalar qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yaratishda foydalaniladi.
Xabar qilinishicha, erkaklar "Taganskaya", "Kaxovskaya" va "Kolomenskaya" metro bekatlarida ushlangan.
Ayni damda ularning qo‘llarida portlovchi modda izlari qayerdan paydo bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
13:08 / 13.05.2026