Reuters agentligi ma’lumotiga köra, 2022-yildan buyon Rossiyada qamoqda saqlanayotgan AQŞ fuqarosi, sobiq dengiz piyoda askari Robert Gilman dissotsiativ stupor holatiga tuşgan va hozirda hayoti xavf ostida bölişi mumkin.
Manbalarning bildirişiça, iyun oyi oxirida Voronejdagi jazoni ijro etiş muassasasida jazo ötayotgan Gilman qamoqxona şifoxonasidan şahar kasalxonalaridan birining psixiatriya bölimiga köçirilgan.
Global Reach huquq himoya taşkiloti vakili Erik Lebsonning aytişiça, Gilman katatoniyaga öxşaş holatda bölib, şifokorlar unga «dissotsiativ stupor» taşxisini qöygan. Bu holatda inson ixtiyoriy harakat qiliş va taşqi ta’sirlarga javob beriş qobiliyatini deyarli yöqotadi.
Huquq himoyaçilariga köra, Gilman hozir muloqot qila olmaydi, ovqat va suyuqliklar zond orqali berilyapti, közlari esa doimo yopiq holatda. Şu sababli u sud majlislarida ham iştirok eta olmayapti.
Foley Foundation jamğarmasi vakili Elizabet Riçards ham mahkum zarur tibbiy yordamni olmayotgani va uning hayoti hamda xavfsizligi yuzasidan jiddiy xavotirlar mavjudligini bildirgan.
Riçards va Lebsonning ta’kidlaşiça, Robert Gilman qamoqda oğir şaroitlarda saqlangan, qiynoqlarga hamda ongga ta’sir qiluvçi dori vositalari in’yeksiyalariga duçor bölgan bölişi mumkin. Ularning fikriça, aynan şu omillar uning fuqarolik şifoxonasiga ötkazilişiga sabab bölgan.
Reuters ma’lumotiga köra, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 23-iyul kuni Manilada Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşuvida Gilman masalasini ham kötargan. Vaşington 32 yoşli AQŞ fuqarosini şoşilinç tibbiy yordam olişi uçun ozod qilişga erişişga harakat qilmoqda.
Robert Gilman 2022-yilda Voronejde politsiya xodimiga nisbatan zöravonlik qöllaganlik aybi bilan avval 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyin jazo muddati 3,5 yilga qisqartirilgan edi. Biroq 2024-yilda koloniya xodimlariga hujum qilganlik aybi bilan uning jazosi 10 yilgaça uzaytirilgan. Ayblanuvçi ayrim xodimlarni urganini tan olgan, ammo bu harakatlarini turli mojarolar bilan izohlagan.











