Toşkent metropolitenining Sergeli yönalişi uzunligi 7,1 kilometrni taşkil qiladi va 2020 yil oxirigaça qurib foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.
Uşbu yönaliş 6 bekatdan iborat bölib, undan uçtasi şu yilning özida bitiriladi. Metroning bu yönalişi yer ustidan estakadalar orqali ötadi. Şu bois 2017 yil oxiriga qadar loyihaning 2,5 km estakada qismini barpo etiş rejalaştirilgan. Bugungi kunga kelib 30 dan ortiq tayanç ustuni oraliğida poydevor qaziş va betonlaş işlari yakunlanmoqda. Şuningdek, obektda 5000 kub metr tuproq va 2100 kub metrdan ziyod beton oliş işlari bajarildi.
Toşkent metropolitenining Yunusobod yönalişining 2-bosqiçida 2,7 km lik 2 ta bekat quriş jarayonida 135 ming kub metr tuproq va 220 kub metrdan ziyod beton oliş işlari bajarildi. Hozirgi mavjud 2 ta şaxta va tunellarda modernizatsiya jarayoni amalga oşirilmoqda.












