Karamanalik Olim va Sayyora (ism-familiyalar özgartirilgan) turmuş qurayotganlarida ularning orzulari olam-olam edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi. Biroq qizlari 2 yoşga yetganida, ularning turmuşi izdan çiqdi.
Oila boşliği spirtli içimlik içişga mukkasidan ketdi. Janjal bölavergaç, turmuşlaridan baraka kötarildi. Sayyora onasinikiga ketib qoldi. Şu-şu oila tinçi buzilib, ajraşişdi. Sayyora eri bilan yaşamayotganligi sababli voyaga yetmagan qizi uçun aliment undirişni sörab, fuqarolik sudiga murojaat qildi. Sud tomonidan Olimga daromadlarining törtdan bir qismi miqdorida aliment puli tölab boriş belgilanadi.
Biroq Olim tayinli işi bölmaganligini bahona qilib, qizi uçun 2016 yilning oxirigaça, ya'ni 3 yil davomida aliment tölamay yurdi. Turmuş örtoğining alimentni undiriş berişni sörab murojaat qilganidan söng unga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Farzandini moddiy ta'minlaşdan böyin tovlab kelgan “ota”ning aybiga töla iqrorligi va boşqa holatlar inobatga olinib, sud tomonidan unga nisbatan jinoiy jazo tayinlanib, sobiq turmuş örtoği foydasiga yetkazilgan zararni undirib beriş haqida hukm çiqarildi.
“Kattamaçit” MFYda yaşovçi Zayniddinning ham 8 yillik oilasi özaro kelişmovçiliklar sabab parokanda böldi – bir nafar qizini olib xotini Lola onasinikiga ketib qoldi. Sud tomonidan voyaga yetmagan qizi foydasiga aliment tölab turiş haqida qaror çiqarildi. Ammo u Rossiyaga işlaş uçun ketib, 2016 yilda qaytib keldi.
24 oy davomida aliment tölanmaganligi uçun uning qarzdorligi 5,5 million sömdan oşgan edi. U garçi mazkur qarzning ma'lum bir qismini uzgan bölsa-da, qolganini tölaşni paysalga solib keldi. Lola turmuş örtoğidan aliment puli undirişni, biroq unga qamoq bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşni sörab, sudga murojaat qildi. Sud Zayniddinning puşaymonligi, aybiga iqrorligi, qarzini qisman qoplaganini inobatga olib, uning tegişli jazo tayinladi. Alimentning qolgan qismini sobiq turmuş örtoği foydasiga undiriş belgilandi.












