Xitoyning yirik JD.com internet savdo maydoni Siçuan viloyatida dronlar uçun portlar barpo etişni boşlamoqçi. Shanghai Daily naşrining kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda yozişiça, yuk taşuuvçi dronlar uçun jami 150ta aeroport quriş rejalaştirilgan. Bu yuklarni yetkazişda yanada samaraliroq faoliyat körsatiş imkonini beradi. 

JD.com prezidenti Riçard Lyuning işonç bildirişiça, uçuvçisiz parvoz qiluvçi qurilmalardan foydalaniş mahsulotni xaridorga yetkazib beriş bilan boğliq xarajatlarni 70 foizga qisqartiriş imkonini beradi. Viloyatning uzoq tumanlarida istiqomat qiluvçi xaridorlar öz buyurtmalarini 24 soatdan kamroq vaqt mobaynida olişlari mumkin böladi. Hozirda, tezkor xizmat körsatiş imkonini beruvçi infratuzilmalar mavjud emasligi bu borada qiyinçiliklarni vujudga keltirmoqda. 

Yaqin orada kompaniya özining unça katta bölmagan dronlari vositasida mahsulotlarni yetkazib berişni boşlaydi. Hozirça, ular 50 kggaça yuklarni taşiy oladi. Keyinçalik, JD.com 500 kggaça yuklarni elta oladigan yirik dronlarni işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. 

Albatta, kompaniya loyihasi transport departamentida tasdiqdan ötişi kerak, biroq ğoya mijozlar va köplab taşkilotning qöllab-quvvatlaşişiga erişgan.