Yoşligidan dadasining soyasida katta bölgan Jahongir (ismlar özgartirilgan) umri davomida qiyinçilik körmadi. Oddiy dehqon bölib, keyinçalik mahalla oqsoqoli darajasiga yetgan Ortiq aka öğlim mendek ğam çekmasin, umri rohatda ötsin, deb uni avaylab-asradi. Holida opa ham yolğiz öğil deb Jahongirni yeru kökka işonmadi. Özlari yemay farzandlariga yedirişdi, içmay içirişdi. Köngli nimani tusasa hammasini muhayyo qilişdi. Şu sababmi Jahongir yoşligidan erka bölib ösdi. Ulğaygan sayin xohişlari ham köpayib bordi. Dastlab, magnitofon, velosiped deb xarxaşa qiladigan Jahongir endi sönggi rusumdagi telefon, noutbuk talab qila boşladi.
Ortiq aka öğlim boşqalardan kam bölmasin, deya hammasini muhayyo qildi. Jahongir institutga kirgan kun uyda bayram bölib ketdi. Quvonçidan içiga siğmagan ota öğlim endi katta yigit bölib qoldi, ehtiyojlari ham şunga yaraşa, döstlarining oldida uyalib qolmasin, deb qöliga dasta-dasta pul tutişni kanda qilmadi...
Ortiq aka xizmat safari bilan bir haftaga Toşkentga ketdi. Jahongir uyda oyisi bilan qoldi. Telefonini öynab, tunni yarim qilar, ertalab oyisining tergaşi bilan zörğa uyqudan turar, nonuşta qilib, öqişga jönardi. Oyisining har kungi:
– “Öğlim, oşxonadagi rozetka buzilib qolibdi. Yangisini olib keldim, almaştirib ber, mikrotölqinli peçni işlata olmayapman,” – degan sözlari u quloğiga kirib, bunisidan çiqib ketardi.
– “Ertaga, oyi, bugun işim köp,” – javob qildi. Aslida esa rozetkani olib almaştirişga erinar, dadasi kelsa özi tuzatib qöyişini bilardi. Şu sabab vaqtni çözardi.
Darsga bordi. Keç uxlagani sabab quloğiga öqituvçining gapi kirmasdi. Telefonida internetga kirib ötirarkan, quloğiga ustoziining gapi çalindi:
- Insonning tutundan töğridan-töğri ikki daqiqa nafas olişi halokatga sabab bölişi mumkin. Çunki, tutun tarkibidagi 4-6 % is gazi qon tarkibidagi gemoglabinga ta'sir qilib, kislorod taşiş qobiliyatini ...
Jahongir yana telefoniga “şönğib” ketdi.

Kunlar ötdi. Jahongirning dimoği çoğ. Bu yil institutga kirdi. Institutni bitirsa böldi, dadasi uni “yoğli iş”ga joylaştirib qöyadi. Dadasi har doim aytganini qilgan. Öqişga kirsa maşina olib berişini aytgan edi. Mana yangi Nexiada yuribdi. Kursdoşlari unga havas bilan qaraşadi. Hamma u bilan yaqin bölgisi keladi, döst bölişga urinadi. Ammo, Jahongir ham anoyilardan emas. Hamma bilan ham döst bölavermaydi. Axir, u oddiy bola emas. Şaharning eng közga köringan, obröli kişilaridan birining farzandi. Döstlari ham şunga yaraşa.















