Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Farmonda Içki işlar vazirligi tizimida qator taşkiliy özgartişlar nazarda tutilgan.
IIV tizimida quyidagilar taşkil etiladi:
1. Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi – Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi negizida;
2. Ekspert-kriminalistika boş markazi – Ekspert-kriminalistika markazi va Ekspert-portlatiş texnikasi markazi negizida;
3. Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boş boşqarmasi – Moliya-iqtisodiyot boşqarmasi, Moddiy-texnika ta'minoti boşqarmasi, Xöjalik boşqarmasi, Kapital quriliş boşqarmasi negizida;
4. Xalqaro hamkorlik boşqarmasi – Taşkiliy-inspektorlik boşqarmasining Xalqaro hamkorlik bölimi hamda Inson huquqlarini himoya qiliş va yuridik ta'minlaş boşqarmasining Inson huquqlarini himoya qiliş va uşbu sohada xalqaro taşkilotlar bilan özaro hamkorlik bölimi negizida.
Quyidagi bölimlar qayta taşkil etiladi:
Tergov boş boşqarmasi — Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga;
Şaxsiy tarkib bilan işlaş xizmati — Kadrlar boş boşqarmasiga;
Taşkiliy-inspektorlik boşqarmasi — Taşkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boş boşqarmasiga;
Xorijga çiqiş, kiriş va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi —












