Yevropa çempionlar ligasining 1/4 finalidan örin olgan yana bir uçraşuv Dortmundda bölib ötadi. Tribuna.Uz ilk marta röbaro‘ kelayotgan ikki jamoa öyiniga batafsil töxtalib ötadi.
Borussiya Dortmund - Monako (11 aprel, 23:45, Matç! Futbol 1)
Nimçorak finaldagi şov-şuvli ğalabadan keyin «Monako» bu bosqiçda istalgan jamoani özlari bilan hisoblaşişga majbur qila olişi mumkinligini körsatdi. Çorak finalda «Borussiya»ning raqib bölişi esa ikki jamoa uçun ham keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatlari tengligini körsatib turibdi.
Özaro öyinlar

Ikkala jamoa şu kungaça biror marta ham töqnaş kelmagan, na yevrokuboklarda va na oddiy örtoqlik uçraşuvlarida. Bu bahs jamoalarning özaro öyin tarixidagi ilk töqnaşuv böladi.
Öyin oldidan
Borussiya D
Dortmundliklar öyindan oldin bundesliga doirasidagi Der Klassiker‘da maydonga tuşib yirik hisobda imkoniyatni boy berib qöydi. Jamoa çempiontda ikkinçi örin uçun ham imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Endigi asosiy maqsad YeÇLga töğridan-töğri yöllanma beruvçi 3-örin va joriy mavsum YeÇLda muvaffaqiyatli iştirok etiş bölib
qolmoqda.
Monako
Monegaskliklar çempionatda peşqadamlikni davom ettirişmoqda. «PSJ» izma-iz ta'qib qilib kelayotganiga qaramay, Jardim jamoasi YeÇLda bölgani kabi Fransiya çempionatida ham muvaffaqiyatli iştirokiini davom ettirmoqda.
Faktlar
– «Monako» sönggi uç yilda ikkinçi marta YeÇL çorak finaliga yöl olmoqda. Ikkalasida ham jamoa ingliz jamoasini yengib bu bosqiçga yetib kelgan
– «Borussiya» Dortmund 2013/14 yilgi mavsumdan söng ilk marta çorak finalga yöllanma olgan
– «Borussiya» çorak finalda özining sönggi törtta uçraşuvining barçasida faqat ğalaba qozongan.
Yöqotişlar
«Borussiya» tarkibida Mario Gyottse, Andre Şyurrle va Erik Durmlar jarohati sabab uçraşuvda iştirok eta olmaydi. Marko Roysning maydonga tuşişi esa sörooq ostida qolmoqda.













