Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson bilan çorşanba kuni, amerikalik siyosatçining Moskva şahriga taşrifi davomida uçraşadi. Bu haqda RBK öz manbalariga asosan xabar berdi.

Tillersonning taşrifi seşanba, 11 aprel kuni boşlanadi. AQŞ davlati kotibi Moskvaga Italiyadan uçib keladi, u yerda seşanba kuni “yettilik” taşqi işlar vazirlari yiğilişi yakunlanadi.

«Kommersant'» gazetasi manbalari ham Qöşma Ştatlar davlat kotibi Kremlda çorşanba kuni kunning ikkinçi yarmida qabul qilinişi mumkinligi haqida xabar berdi. 

Rossiya yetakçisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa 10 aprel kuni prezidentning iş jadvalida Tillerson bilan uçraşuv yöq ekani haqida aytib ötdi. Peskov 11 aprel kuni ham RBK bilan suhbatda, prezident Tillerson bilan çorşanba kuni uçraşmasligini xabar qilgan.

Putin Tillerson bilan uçraşişga tayyor ekanligi haqida mart oyi oxirida aytib ötgandi. «Agarda janob Tillerson kelsa – men u bilan bunga qadar ikki yoki uç marotaba uçraşgandim – albatta, biz terror bilan kuraş masalasini ham muhokama qilişimiz ehtimolga yaqin», - degan Putin 30 mart kuni.