«Barselona» Madridning «Atletiko» klubiga tegişli bölgan, «Alaves»da ijara asosida töp surayotgan himoyaçi Teo Ernandes uçun kuraşga qöşildi. Bu haqda As naşri xabar tarqatdi.

Manbaga köra, 19 yoşli fransuz himoyaçisi «Real» bilan oğzaki kelişuvga erişib bölgan. Mavsum yakunida madridliklar futbolçi uçun tovon puli 24 million yevroni tölaşga tayyor bölib turişibdi.

Kelişuvga köra, Ernandes «Real» bilan beş yillik şartnoma imzolaşi kerak va bu davrda u 35 million yevro maoş oladi: 2017/18 va 2018/19 yillarda futbolçining yillik maoşi 6 million yevroni taşkil qiladi, 2019/20 yilgi mavsumda – 7, 2020/21 yilgi mavsumda – 8 va 2021/22 yilgi mavsumda – 9 million yevro.

«Barselona» ham futbol xuddi şunga öxşaş şartnoma taklif qilgan, biroq ularning maoşi «Real» taklif qilgan mablağdan biroz kam ekani aytilmoqda.

Bundan taşqari Teoning agenti, «Real» sobiq boş murabbiyi Rafaelya Benitesning ham mijozi sanalgan Manuel Garsiya Kilon futbolçining Kataloniya klubiga ötişini istamoqda. Şuningdek «Atletiko»da ham Ernandesning «Real»ga ötişi yaxşi qabul qilinmasligi kutilmoqda.

Agar Teo Ernandes «Barselona»ga ötadigan bölsa, jamoa boşqa bir futbolçisi Jordi Albani sotuvga qöyişi mumkin.

Ma'lumot uçun Teo Ernandes Ispaniya çempionatining ortda qolgan 26 uçraşuvida iştirok etib, 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.