Özbekiston Vazirlar Mahkamasi "Tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanişlari tartibini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qaror loyihasini işlab çiqdi.
Bu qonun loyihasidan asosiy maqsad tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanişda bevosita iştiroklarini talab qiluvçi jarayonlar sonining qisqartirilişi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (HETK) tomonidan tegişli xizmatlarni körsatiş jarayonlari va muddatlarining oçiq-oydinligi va ularga amal qilinişini ta'minlaşdan iborat.
Loyihaga Tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlarga ulaş tartibi haqidagi nizom ham kiritilgan. Loyiha 2017 yil 1 mayda tasdiqlanişi mumkin. Hujjatda quyidagilar közda tutilgan:
tadbirkorlik sub'yektlari elektr tarmoqlariga ulaniş uçun arizalarni "yagona darça" markazlariga kelgan holda va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron körinişda beradilar;
"yagona darça" markazlari HETKdan texnik şartlar, hisob-montaj sxemasi, trassa sxemasi, manfaatdor litsenziyalaştirilgan taşkilotlardan loyihalaştiriş, quriliş-montaj va işga tuşiriş-sozlaş işlarini ötkazişga xizmatlar körsatişga tijoriy takliflar va loyiha şartnomalarini olib, ularni ariza beruvçilarga topşiradi;
taşqi elektr ta'minoti loyihalarining kelişilişi va taşqi elektr ta'minoti tarmoqlarining foydalanişga qabul qilinişi HETK va "Özdavenergonazorat" inspeksiyalari tomondan "yagona darça" markazlari orqali berilgan arizalarga köra amalga oşiriladi;
adliya idoralari va prokuraturalar tadbirkorlik sub'yektlarining elektr tarmoqlarga ulanişlari muddatlari va jarayonlarini "yagona darça" markazlari tomonidan taqdim qilinadigan ma'lumotlar asosida nazorat qiladilar;
HETKlar tadbirkorlik sub'yektlarini elektr tarmoqlarga ulaş böyiça loyihalaştiriş, quriliş-montaj va işga tuşiriş-sozlaş işlarini ötkaziş huquqini oladilar.
Loyihaga köra, xizmatlarni amalga oşirişning umumiy muddati 7 iş kunidan oşmasligi kerak.











