Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, 2026 yil 1 iyul holatiga respublikada har 1 000 nafar aholi hisobiga örtaça 32 ta tadbirkorlik sub’yekti töğri keladi.

Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, bu yerda har 1 000 nafar aholiga 50 ta tadbirkorlik sub’yekti töğri keladi.

Keyingi örinlarda Xorazm viloyati - 46 ta, Sirdaryo viloyati - 41 ta, Navoiy viloyati - 38 ta hamda Jizzax va Buxoro viloyatlari - 35 tadan körsatkiç bilan joylaşgan.

Şuningdek, Toşkent viloyatida har 1 000 nafar aholiga 33 ta, Andijon viloyatida 32 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 30 ta tadbirkorlik sub’yekti töğri keladi.

Reytingning keyingi poğonalaridan Farğona va Samarqand viloyatlari (27 tadan), Qaşqadaryo va Namangan viloyatlari (26 tadan) örin olgan. Eng past körsatkiç esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bölib, har 1 000 nafar aholiga 24 ta tadbirkorlik sub’yekti töğri keladi.

Milliy statistika qömitasi qayd etişiça, keltirilgan raqamlar yaxlitlangan hisoblanadi.