YeÇLning çorak finali doirasida «Borussiya» va «Monako» jamoalari uçraşuvi oldidan portlaş röy bergan. Uşbu ma'lumot nemislar jamoasining tvitterida tasdiqlangan.

Bild ma'lumotiga köra, portlaş dortmundliklar jamoasi avtobusi oldida sodir bölgan va jamoaning ispaniyalik himoyaçisi Mark Bartra jarohatlangan. U ayni vaqtda şifoxonaga olib ketilgan, qurbonlar yöqligi aytilmoqda.

Portlaş stadiondan 10 km masofada röy bergan. Hozirça uçraşuv ötkazilişi söroq ostida. Bartra boşlanğiç tarkibga kiritilgandi, bu borada jamoa vakillari UYeFA bilan öyinning ötkazilişi masalasini muhokama qilişmoqda.

Dortmunddagi öyin Toşkent vaqti bilan soat 23:45ga belgilangan.

Hodisaning boşqa tafsilotlari hozirça ma'lum emas.