Janubiy Koreya Elektronika va telekommunikatsiyalar tadqiqot instituti grafendan OLED-displeylar uçun şaffof elektrodlar işlab çiqilganini e'lon qildi. Institut olimlari şunday natijaga erişgan. Bu unçalik ham şov-şuvli tuyulmasligi mumkindir, biroq aslida displeylar işlab çiqaruvçilar uçun jiddiy olğa siljişdir. Ikki ölçamli bitta uglerod atomidan işlab çiqilgan grafenning ajoyib xususiyatlariga köra, aytiş mumkinki, undan yasaladigan displeylar juda yuqa va egiluvçan böladi. Bundan taşqari, bu ekranlarni kiyimning biror qismiga tikiş yoki boşqa elektronika qurilmasiga yopiştirib qöysa böladi. 

Grafen ajoyib aks ettiriş xususiyatlariga egaligidan taşqari, yengil, pişiq va egiluvçandir. Şu bilan birga, issiqlik va elektr energiyasini ötkazuvçanligi ham yuqori. Aytiş joizki, dunyodagi yuzlab tadqiqot guruhlari uşbu materialni turli sohalarda qöllaş mumkinligini aniqlaşmoqda. Janubiy koreyaliklar esa, grafen yordamida mavjud OLED texnologiyasini takomillaştirişga urinib körişdi va uddasidan çiqişdi. Ular indiy-qalay oksidi (ITO) elektrodlarini töliq grafen elektrodlariga almaştirib körişdi. 

Yangilikning asosiy mohiyati şundan iboratki, ITO juda zaif hisoblanadi, grafenni esa xohlagança bukiş mumkin, bunda unga heç narsa qilmaydi. Mazkur texnologiya 370mmga 470 mmm bölgan displeyda sinab körişgan. Grafenli elektrodlar qalinligi 5 nanometrdan oşmagan. 

«Bizlar işlab çiqqan narsa egiluvçan OLED-displeylar işlab çiqişda juda zarurdir. Uşbu texnologiya Koreya va şu kabi tadqiqotlar olib borayotgan Xitoy örtasidagi farqni yanada kengaytiradi», — degan loyiha rahbari Ço Nam Sun.