Lexus kompaniyasi LS sedanining sport versiyasini oşkor qildi. Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, yangi model LS 500F Sport deb nomlangan va 12 aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda namoyiş qilinadi.
Sedan yangi global platforma GA-L’ning uzaytirilgan versiyasida qurilgan. Kompaniyada ta'kidlanişiça, bu şassi yaxşiroq boşqaruvçanlikni, yuriş ravonligini va salonda osoyiştalikni ta'minlaydi. Avtomobil özgaça yon yubkalar, 20 dyuymli ğildirak disklari va yangi radiator panjarasi olgan.
Salonda sport örindiqlari, pedallarga alyumin qöyilmalar, LC500 kupesidagi kabi asboblar paneli örnatilgan. Maşina, şuningdek, modernizatsiyalangan tormoz tizimi, qayta sozlangan rul boşqaruvi va takomillaşgan pnevmopodveska bilan jihozlanadi.
Yangi maşina kapoti ostida benzinda işlovçi 3,5 litrli V8 dvigateli örnatiladi. Motorning kuçi 415 ot kuçini taşkil qiladi va u 10 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi. Maşina 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erişa oladi.
Bundan taşqari, mijozlarga sport sedanining gibrid kuç qurilmasiga ega varianti ham taklif qilinadi. Kuç qurilmasi tarkibiga 3,5 litrli V6 motori va u bilan birgalikda işlovçi ikkita elektrodvigatel kiradi. LS’ning bu modifikatsiyasining umumiy quvvati 354 ot kuçini taşkil qiladi. Bu maşina 100 km/soat tezlikka 5,2 soniyada erişadi.

















