Avstraliyaning ABC telekanali boşlovçisi Nataşa Ekselbi jonli efir vaqtida noqulay vaziyatga tuşib qoldi. Nima yuz berganini tuşunganidan keyin esa, boşlovçi yana bir neça soniya öziga kela olmadi.
The Independent gazetasining yozişiça, rolik ijtimoiy tarmoqlarda ommalaşib ketgan, boşlovçi hodisadan keyin katta ekranda körinmay qolgan. Mahalliy OAV Ekselbi işdan böşatilgani haqida yozgan bölsa, ABC telekanali rahbariyati bunday xabarlarni inkor etdi. Kanal yangiliklar xizmati rahbari Gaven Morisning aytişiça, bu kabi holatga hamma tuşişi mumkin, çunki boşlovçilar robot emas, balki insonlardir.
"Biz efirlarga jiddiy qaraymiz, ammo mukammallikni talab qilmaymiz. Heç kim heç qaçon bunday axmoqona xato uçun jazolanmaydi", — deb qöşimça qilgan Morris.
The Guardian gazetasiga köra, boşlovçi baribir malaka oşiriş kurslariga yuborilgan va birmunça vaqtdan keyin efirga qaytadi.












